Qashqadaryoda tarvuz eksporti boshlandi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi «Gissar Effect» MChJda bu yil dehqonchilik yumushlariga erta kirishilgan edi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Bildirilishicha, joriy yil dekabr oyida bir gektar yer maydoniga maxsus tayyorlangan issiqxonada urug‘lar qadalib, may oyida birinchi hosilda 4 tonnadan ziyod tarvuz yig‘ishtirib olindi.

Qayd etilishicha, tarvuzlar  mashinalarga yuklanib, Qozog‘iston  mamlakatiga eksport qilindi. Kelgusida 20 tonnagacha hosil olish mo‘ljallanmoqda.

– Viloyatimiz eksport salohiyatini oshirish maqsadida bojxona postimiz tomonidan har kuni 24 soat davomida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirib kelmoqdamiz, – deydi “Kitob” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i Botir Javliyev. – Bu tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish bilan birga, viloyat eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan