Qashqadaryoda fuqaro ish joyida ikki kishini pichoqladi

2019 yil 9 may kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashovchi 33 yoshli Q.O. ish joyida o‘zaro janjal tufayli Bodomzor mahallasida yashovchi 28 yoshli S.B.ning bel va qorin qismiga hamda Lolazor ko‘chasida yashovchi 28 yoshli B.Yu.ning qorin va bo‘yin qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada S.B. va B.Yu.lar kasalxonaga yotqizilganlar. Q.O. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan