Prezident Andijonga yo‘l oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 16 may kuni Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrif chog‘ida avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, yangi maqsad va vazifalarni belgilash rejalashtirilgan.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, prezident viloyatga tashrifi davomida – Qo‘rg‘ontepa va Xonobod tumanlarida bo‘lib, turli sohalardagi hamda iqtisodiyot  va qishloq xo‘jaligidagi loyihalar bilan tanishadi.

Bundan tashqari, Andijon shahridagi Muhammad Yusuf ijod maktabi hamda iqtisodiy hududdagi korxonalarda bo‘lishi kutilyapti.

Ayni paytda viloyatda tashrifga katta tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan