“Barselona”, “Man Siti” va “Bavariya” “Atletiko” futbolchisi uchun kurashadi

Yevropaning 3 ta top klubi “Atletiko” yarim himoyachisi Rodri Ernandes uchun da’vogarlik qilmoqda.

El Larguero’ning xabar berishicha, “Barselona”, “Manchester Siti” va “Bavariya” 22 yoshli xavbekning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lashga tayyor.

“Atletiko” rahbariyati futbolchini sotishga qaror qilishdan oldin uning o‘rniga boshqa o‘yinchi olib kelishni rejalashtirmoqda.

Yaqin kunlarda klub vakillari “Real” yarim himoyachisi Markos Lyorentening agenti bilan uchrashishni mo‘ljallamoqda.

Rodrining transferi 70 million yevroga baholanmoqda.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan