Shri-Lankada komendantlik soati joriy etildi

Shri-Lanka rasmiylari musulmonlarga nisbatan hujumlar to‘xtamayotgani uchun mamlakat miqyosida komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Orolda ikki kundan beri olomon masjidlarga hujum qilayotgani va musulmonlarga tegishli do‘kon, korxonalarni vayron qilayotgani bildirilmoqda.

Komendantlik soati 21.00 dan 4.00 gacha amalda bo‘ladi. Bunday tartib alohida ko‘rsatma berilgunga qadar kuchda qoladi. Komendantlik soati davomida politsiyaning qo‘shimcha kuchlari tartibsizliklarning oldini oladi va ko‘chalardagi vaziyatni nazorat qiladi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan