O‘zbekiston TIV Fors ko‘rfazidagi provokatsiyani keskin qoraladi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2019 yil 12 may kuni Fors ko‘rfazidagi Birlashgan Arab Amirliklarining hududiy suvlari yaqinida Fujayra Amirligidan sharq tomonda tijoriy va fuqarolik kemalariga nisbatan amalga oshirilgan provokatsiyani keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, bu kabi hodisalar kemalar bortidagi insonlar hayotiga jiddiy xavf yaratadi. Vazirlik xalqaro hamjamiyatni dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazadigan bunday harakatlarning oldini olish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga chaqirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Arab Amirliklariga xavfsizlikni ta’minlash va o‘z milliy manfaatlarni himoya qilishda yakdillik izhor etadi, deyiladi xabarda.

«Kommersant’» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazidagi vaziyat harbiy mojaro yoqasida qolgan. BAA hududiy suvlari yaqinida bo‘lgan to‘rtta tanker noma’lum kuchlar hujumiga uchradi. Bir necha kun ilgari AQSh Eron savdo va harbiy kemalarga hujum qilishi mumkin ekani haqida ogohlantirgan. Biroq, Eron, xuddi mintaqadagi arab davlatlarida bo‘lgani kabi, bu voqea yuzasidan tashvish bildirdi. Neftning dengizdagi savdosi 30 foizga yaqini Hurmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. Shu nuqtai nazardan, neft narxi keskin ko‘tarildi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan