Harbiy uchuvchilar Toshkentda faxriy onaxonga nogironlik aravachasini topshirdi

Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism ofitserlari Yashnobod tumanida joylashgan harbiy shaharchada yashovchi bir guruh keksalar holidan xabar oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Olga Suprunenko uzoq yillardan beri to‘shakka mixlanib qolgan edi. 84 yoshni qoralagan bu ayol asli belaruslik. Otasi harbiy uchuvchi bo‘lib, 1945-yil suronlarida vafot etgan. Keyinchalik Toshkentga ko‘chib kelgan Olga Suprunenko uchuvchilar harbiy qismlarida ishchi sifatida faoliyat yuritgan.

Bayram arafasida harbiy qism jamoasi tomonidan unga nogironlik aravachasi sovg‘a qilindi. Endi u bemalol tashqariga chiqishi, odamlar bilan suhbatlashishi mumkin.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shu kuni harbiy shaharchada istiqomat qilayotgan bir qancha keksalar, kam ta’minlangan oilalar xonadonlariga ham tashrif buyurildi. Ularga bayram munosabati bilan gullar, sovg‘alar ulashildi.

“Xotira – yod etish, qadr – yo‘qlash bilan go‘zal. Ikkinchi jahon urushi mamlakatimiz uchun ham katta sinov bo‘ldi. Urush frontda, front ortida, umuman davr kishilarining hayotida kechdi. Demak, bugungi kunimizning har bir ulug‘i, faxriysi hurmatga, rag‘batga munosib”, — deyiladi xabarda.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan