Shota Arveladze: “Liverpul” kabi yaxshi o‘ynab yutqazgandan ko‘ra yomon o‘ynab yutgan yaxshi

OChL 5-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» hamda «Persepolis» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda «sherlar» ustozi Shota Arveladze va jamoa himoyachisi Egor Krimetslar ishtirok etishdi.

«Oldinda bizni juda qiyin o‘yin kutmoqda. Agar guruhdagi vaziyatga qarasak ham buni tushunib olish mumkin. “Persepolis” hozir to‘plagan ochkodan ko‘prog‘iga munosib, ammo bu futbol. Ular kuchli va juda yaxshi shakllangan jamoa.

Raqib doim bir xil o‘ynaydi. Ertaga ham agressiv va hujumkor o‘yin kutyapman. “Persepolis”ning safarda yomon o‘ynayotganiga qo‘shilmayman. Ular safarda yomon o‘ynashmayapti. Bitta bahsni neytral maydonda o‘tkazishdi, futbolda kim ko‘proq gol ursa o‘sha jamoa g‘olib bo‘ladi.

G‘alabaning ahamiyati juda yuqori. “Liverpul” kabi yaxshi o‘ynab yutqazgandan ko‘ra yomon o‘ynab yutgan yaxshi», – deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan