«Kitob chellenj»: tashabbusni Navoiy viloyati rahbarlari va samarqandlik deputatlar davom ettirishdi

19 mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan, kitobxonlikni rivojlantirish orqali farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish va har bir rahbarning o‘zi o‘qigan maktabi kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishi borasidagi ezgu tashabbusi tobora keng quloch otmoqda. Turli davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, xodimlari o‘zlari yoshlikda ta’lim olgan o‘rta ta’lim muassasalariga kitob taqdim etishmoqda.

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov o‘zi o‘qigan Karmana tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borib, maktab kutubxonasiga 200 donadan ortiq kitoblar jamlanmasini sovg‘a qilgan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Rustam Tursunov o‘zi tahsil olgan Karmana tumani «Hazora» MFYda joylashgan 9-maktab kutubxonasiga 150 ga yaqin kitob sovg‘a qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchiliu palatasi deputatlari ham mazkur xayrli tashabbusdan chetda qolishmadi. Samarqand viloyatidan saylangan deputatlar ham o‘zlari ta’lim olgan maskanga kitoblar sovg‘a qilishmoqda, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Jumladan, qonunchilik palatasi deputati Siddiq Namozov Qo‘shrabot tumanidagi o‘zi o‘qigan 16-o‘rta maktab kutubxonasi fondiga o‘z hisobidan badiiy adabiyotlar topshirdi. Deputat Alisher Mahmadmurodov esa Urgut tumanidagi 1-maktab bolalarini o‘z sovg‘asi bilan xushnud etdi.

Samarqanddan saylangan Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlaridan yana biri Mehriddin Muhammadiyev esa Ishtixon tumanidagi 13-maktab kutubxona fondini kamtarona ulushi bilan boyitdi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan