QASHQADARYONING QAYSI MAKTABLARIDA SHAXMAT O‘QITILADI

Prezidentning 2018-yil 9-avgustdagi  “O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan majburiy maktab dasturlari doirasida respublikadagi 150 ta maktabda tajriba tariqasida shaxmatga o‘qitish tashkil qilinishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, viloyatimizda  Qarshi shahridagi 9-, Shahrisabz shahridagi 5-, G‘uzor tumanidagi 5-, Qamashi tumanidagi 36-, Qarshi tumanidagi 52-, Kitob tumanidagi 39-, Nishon tumanidagi 3-, Chiroqchi tumanidagi 27-, Shahrisabz tumanidagi 19-umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga aql va tafakkur charxi bo‘lgan ushbu sport turi fan sifatida o‘tiladi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan