Hunarmand insonlar

Videolavha muxbirlari

Koson tumani «regzor» mahallasining hunarmandlar insonlari.

Hunarmandchilik, hunarmandlik — milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saklangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir ham muhim oʻrin egallaydi.

H. insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiytarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, koʻnchilik, tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. H. qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, mas, paxta va pilla bor yerda toʻqimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (mas, Rishton-da) kulolchilik, jun va teri koʻp yerda toʻqimachilik va koʻnchilik, shunga qarab kosibchilik, oʻrmonlar koʻp yerda yogʻochsozlikgmaʼdanlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo boʻylarida kemasozlik va boshqa rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bos-qichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador holda H.ning 3 turi shakllangan: 1) uy hunarmandchiligi; 2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan H.; 3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan H. Uy hunarmandchiligi kapitalizmga qadar boʻlgan davrlarda H.ning eng koʻp tarqalgan turi boʻldi. H.ning bu turi natural xoʻjalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan H. mahsulotlari tayyorlash va bozorga H. mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal oʻsishi bilan uzviy bogʻ-liq. Natijada H. mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqariddi. Davr taqozosi bilan H. ning yangi-yangi turlari vu-judga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boʻyicha ixtisoslasha bordilar. Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasbkoriga qarab shakllangan (mas, 20-asrning boshlarida Toshkentda koʻnchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, oʻqchilar, kosiblar mahallalari boʻlgan). Ayrim mahalla, kvartal, shahar, oʻlkalar H.ning maʼlum mahsulotlari bilan shuhrat qozona boshladilar.

Ovoz berish

9.3

Videolavha sifatiga ovoz berishingiz mumkun.

Ovoz balandligi va sifati9.0
Tasvir tiniqligi va sifati9.5

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan